Professional boksning super örta vazn toifasida iştirok etayotgan Bektemir Meliqöziyev (9-1, 7 KO) navbatdagi jangini ötkazdi.

Los-Anjyelesdagi USC Galen Center arenasida bölib ötgan boks oqşomida özbekistonlik boksçi perulik Devid Segarraga (34-8, 21 KO) qarşi ringga kötarildi. 10 raundga möljallangan jangning ikkinçi raundida özbekistonlik boksçi çap qölda raqibining tanasiga kuçli zarba yölladi, natijada perulik boksçi ötirib qoldi va referi texnik nokaut qayd etdi.

Şu tariqa, Bektemir Meliqöziyev professional boksdagi 9-ğalabasini nişonladi. U professional boksda faqat bir marta - 2021 yil yozida amerikalik tajribali boksçi Gabriel Rosadoga yutqazgandi.

Meliqöziyev sönggi jangini 2021 yil 17 dekabrda Toşkentda ötkazgandi. Öşanda u rossiyalik Sergey Yekimov (18-4, 9 KO) ustidan ğalaba qozongandi.

18 mart kuni Bahodir Jalolov polşalik Kamil Sokolovskini nokautga uçratib, professional boksdagi 10-ğalabasini nişonlagandi.