Jahon | 18:22 / 22.03.2022
15765
1 daqiqa o‘qiladi

Abramovichning yaxtasi Turkiya sohillaridan qo‘nim topdi

Yaxta Turkiya sohillarida bir hafta turadi va yonilg‘i zaxirasini to‘ldiradi.

Foto: AA

Rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli Eclipse yaxtasi Turkiya janubi-g‘arbidagi Marmaris kurort hududi portiga kirdi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi. 

Uzunligi 164 va eni 22 metr bo‘lgan olti qavatli yaxta mahalliy aholi va turistlar e’tiborini tortdi.

2010 yilda yaxta 340 million yevroga baholangan. Yaxtada konsert zali, uchta oshxona, kinoteatr, ikkita basseyn, raqs maydonchasi, vertolyot qo‘nishi uchun ikkita maydoncha, 2 vertolyot, 4 kater, 20 skuter bor.

Xabarda aytilishicha, yaxta Turkiya sohillarida bir hafta turadi va yonilg‘i zaxirasini to‘ldiradi.

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Roman Abramovichni sanksiyaga tushganlar ro‘yxatiga kiritgandi.

Mavzuga oid