Moskva şahridagi Lefortovo sudi 22 mart kuni rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyni firibgarlik işida aybdor deb topdi.

Aleksey Navalniy özi asos solgan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi pullarini özlaştiriş va sudyani haqorat qilişda aybdor deb topildi. Prokuror Navalniyga 13 yil qamoq jazosi söragandi, sud 9 yil qamoq jazosi berişga qaror qildi.

Jazo qattiq rejimdagi koloniyada ötalişi belgilangan. Şuningdek, 1,2 million rubl miqdorida jarima ham belgilangan.

Navalniyga nisbatan ilgari surilgan ayblovda u fondga xayriya qilingan 2,6 million rubl pulni özlaştirgani aytilgan. Navalniyning aytişiça, hatto ayblovda ham bunga isbot keltirilmagan, da’vogarlardan biri esa çilangar bölib, Navalniyning fondiga 1 million rubl ötkazgaç, uç haftadan keyin uning ustidan arznoma kiritgan.

Aleksey Navalniy oldingi sudda sudyani haqorat qilmaganini ham aytgandi.

«Balki kulgi uçun şunday band qöşişgandir. «Janob sudya, siz qonunni buzyapsiz» iborasining nimasi haqorat? «Siz yakunlaşingizni kutyapman», degan sözim kimni haqorat qildi?» degandi siyosatçi sud majlisida.

Navalniy öziga qarşi ayblovlarni siyosiy pozitsiyasi uçun deb biladi.

2021 yil 2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyni «Iv Roşe» işi böyiça aybdor deb topib, çiqarilgan şartli jazo muddatini bekor qilgan va unga 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada ötaş jazosini tayinlangandi. Ya’ni ötgan yil fevral oyida Navalniy 2 yil-u 8 oyni qamoqda ötkazişi belgilangandi.

«Iv Roşe» işi nima özi?

2014 yil Aleksey Navalniy ukasi Oleg bilan «Iv Roşe» işi böyiça aybdor deb topilgan. Ular firibgarlik va pul yuvişda ayblangan. Navalniy öşanda şartli ravişda 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va uning sinov muddati 2020 yil 30 dekabrda öz nihoyasiga yetgan. 2017 yil Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Navalniyning işida Yevropa konvensiyasi talablari buzilganini e’lon qilgandi.

Keyinçalik Rossiya Oliy sudi işni qaytadan körib çiqqan, lekin hukm özgarmagandi. Oliy sud jinoyat alomati bölgan işlarni faqat mahalliy sudlar körib çiqişini iddao qilgan. Ayblovga köra, Navalniylar oilasiga tegişli bölgan korxona ofşor kompaniyalarda pul yuvişda qatnaşgan. Ya’ni 2008 yil Fransiyaning «Yves Rocher» parfyumeriya kompaniyasining Rossiyadagi filiali bölgan «Iv Roşe Vostok» firmasi Kiprdagi oşfor kompaniyalardan biri bilan şartnoma imzolaydi. Özaro hamkorlik davomida «Iv Roşe»dan Navalniylar oilasiga qaraşli korxona ham 19 million rubl pul oladi. Bu pullar ijara uçun deb ötkazilgan. 2012 yil «Iv Roşe» ijroçi direktori Bruno Lepruning arizasiga köra, Navalniylarga nisbatan iş oçiladi. Kompaniya ulardan 26 million rubl zarar körganini aytadi. Şu tariqa, Oleg va Aleksey Navalniy sud tomonidan aybdor deb topiladi.