Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Lacetti va Cobalt o‘zaro to‘qnashdi. 4 kishi vafot etgani aytilmoqda
Vafot etganlarning uch nafari aka-uka bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, 2022 yil 19 mart kuni Mirishkor-Qarshi yo‘nalishida Lacetti va Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashgan va har ikkala mashina yo‘l chetidagi chuqurlikka tushib ketgan. Oqibatda Lacetti mashinasida bo‘lgan 4 kishi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Cobalt mashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Manbaga ko‘ra, vafot etganlarning uch nafari aka-uka bo‘lib, ular ustachilik qilish uchun Toshkentga ketayotgan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi.
Avvalroq Jizzax viloyati Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026