Öt öçiruvçilar Kiyevdagi Podolskiy rayonida «Retrovil» savdo markazida yonğinni öçirişga harakat qilmoqda. Unga rossiyalik harbiylar hujum qilgan — RF mudofaa vazirligi buni tan olgan. Lokatsiya böyiça ma’lumot uruşning ilk kunlarida Ukraina armiyasi texnikasi harakati aks etgan tiktokdagi video orqali aniqlangani taxmin qilinmoqda. Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi uruşning 26-kunida röy bergan asosiy voqealar: 

  • Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 21 mart kungi muzokaralari bir yarim soat vaqt davom etdi, şundan keyin muzokaralar işçi guruhlar darajasida olib borildi. 
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokaralarda erişilgan kompromisslar, xususan Ukraina uçun xavfsizlik kafolati yoki Kiyev nazoratida bölmagan Donbassdagi hududlar va Qrimning maqomi Butunukraina referendumiga qöyilişi kerakligini aytdi. 
  • Kiyevda raketa zarbasi oqibatida «Retrovil» savdo markazi va atrofdagi bir neça aholi turar joy binolari vayron bölgan. Ukraina tomoni ma’lumotiga köra, kamida 8 kişi halok bölgan. 
  • Xersonni egallab turgan Rossiya qöşini şahar bosib olinişiga qarşi mitingga çiqqan mahalliy aholi vakillarini öqqa tutgan, bir neça kişi yaralangan. 
  • Ukraina hukumati Rossiya mudofaa vazirligining Mariupol şahrini topşiriş böyiça ultimatumini rad etdi. 
  • Odessadagilar Qora dengizda turgan Rossiya harbiy kemalari birinçi marta şahar atrofidagi aholi turarjoy kvartallarini öqqa tutgani haqida xabar berdi. 
  • Ukraina şimoli-ğarbidagi Rovensk oblastida bir kunda ikki bor raketa zarbalari berildi. 
  • Moskvada Tver sudi Meta kompaniyasi faoliyatini ekstremistik deb tan oldi va uning Rossiyadagi faoliyatini taqiqladi. Meta yirik ijtimoiy tarmoq va messenjerlar - Facebook, Instagram va WhatsApp’ga egalik qiladi, ularning uçinçisiga hozirça Rossiya hukumatida e’tiroz yöq.
  • Uruş boşlanganidan buyon Ukrainada 117 bola halok bölgan. Mamlakat boş prokurorining ma’lumotiga köra, yana 160 nafarga yaqin bola yaralangan.
  • Ukraina Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati raisi Roman Primuşning ma’lumot berişiça, uruş boşidan buyon 651 ta aholi turarjoy binosi butunlay vayron qilingan, 3780 turarjoy binosi qisman şikastlangan.
  • BBC rus xizmati oçiq manbalarga asoslangan holda Ukrainada halok bölgan 557 nafar rossiyalik harbiylar haqida ma’lumot berdi. Ular orasida 1 nafar general, 8 nafar polkovnik, 9 nafar podpolkovnik, 20 nafar mayor, 71 nafar kiçik ofitser borligi ma’lum bölgan. Jurnalistlar OAVda e’lon qilingan, ammo ismlari keltirilmagan harbiylarni, yollanma jangarilarni hamda DXR/LXR ayirmaçilarini uşbu röyxatga qöşmagan. Faqatgina Rossiya harbiy kontingenti şaxsiy tarkibi ma’lumotlari keltirilgan. Uruş boşlangandan beri Rossiya bir marta - 2 mart kuni (uruşning 6-kuni) yöqotişlari soni 498 nafarligini tan olgandi.