AQŞ prezidenti Jo Bayden Yevropaga turnesini boşlamoqda. Bryusselda amerikaliklar yetakçisi va uning yevropalik hamkasblari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli qöllangan sanksiyalarni kuçaytiriş va yangi sanksiyalarni joriy etiş haqida e’lon qilişi kutilmoqda. Bayden «Katta yettilik» hamda NATO va YeI sammitlarida ham iştirok etişi rejalaştirilgan.
Oq uy prezidentning safar davomidagi asosiy vazifalaridan biri yevropalik ittifoqçilar, NATO va G7 davlatlarining Ukraina masalasida birdamligini mustahkamlaş hisoblanişini ma’lum qilgan.
«Prezident uçun birlik birinçi planda turadi. Bu yevropalik hamkorlarimiz bilan birdamlik, NATO saflaridagi birdamlik, G7 davlatlari birligi. Prezident şundan kelib çiqib, uzluksiz koordinatsiya va prezident Putin tomonidan davom ettirilayotgan eskalatsiya harakatlariga yakdil javob qaytarişga intiladi», degandi bir neça kun oldin prezident matbuot kotibi Jyen Psaki.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO sammitida videoaloqa orqali iştirok etadi. Tungi videomurojaatida u Rossiyani tinçlikka köndiriş borasida işlar turli darajada davom etayotganini ma’lum qilgan. Zelenskiyning sözlariga köra, u öt oçiş töxtatilişi, Rossiya qöşinlari olib ketilişi va Ukraina uçun xavfsizlik kafolati evaziga öz mamlakatining NATOga a’zo bölişga intilmaslik majburiyatini muhokama qilişga tayyorligini aytdi.
Yangi sanksiyalar
Amerika prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan AQŞ va hamkorlar payşanba kuni Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarni e’lon qilişini aytdi.
«Gap sanksiyalarning yangi paketi haqida ketmoqda», dedi u brifingda Baydenning Yevropadagi ittifoqçilar bilan bölajak aloqalari haqida.
Sallivan Vaşington Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Moskva ularni çetlab ötişiga qarşi çoralar köriş maqsadida avval kiritilgan sanksiyalarni ham kuçaytirişini ma’lum qilgan.
U AQŞ sanksiyalar bilan kuçli bosim ötkazayotgan bölsa-da, Rossiya rahbariyatini özgartirişga harakat qilmayotganini ta’kidladi.
«Bizning nuqtayi nazarimizga köra, Rossiya siyosiy tizimi bilan nima bölişi Rossiyaning özida hal etiladi», deydi u.
«Biz qila oladigan iş, uçta asosiy yönalişda sa’y-harakatlarni amalga oşiriş. Va biz buni qilamiz - ukrainlarga özini himoya qilişga yordam körsatamiz, NATOni mustahkamlaymiz va xarajatlar va oqibatlarni Moskvaning zimmasiga qöyamiz», degan Amerika rahbari maslahatçisi.













