2022 yil 24 martda tovar-xomaşyo birjasining oçiq birja savdolariga qöyilayotgan şakar hajmining sotuvçi korxonalar tomonidan qariyb 50 foizga oşirilişi evaziga şakarning barça kategoriyasi böyiça şakllangan örtaça kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uçun 10 101,3 ming sömdan 8 735,8 ming sömgaça, ya’ni 14 foizga pasaydi. Bu haqda Tovar-xomaşyo birjasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, sönggi ikki savdo kunlarida şakarning birjadagi narxi qariyb 30 foizga arzonlaşgan.

Şakarning birjadagi narxi pasayişiga bozor vositalarining qöllanilişi, jumladan, birjaning şakar segmentida taklif darajasi oşirilişi hisobiga erişildi.

24 martda birja savdolariga jami 3 200 tonna şakar qöyilgan, ulardan 2874 tonnasi, ya’ni 90 foizi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm şakar" MÇJ tomonidan 1 600 tonna va "Angren şakar" MÇJ tomonidan 1 274 tonna şakar sotildi.

Avvalroq, Aksilmonopol qömita şakar narxini asossiz oşiriş uçun javobgarlik haqida eslatgandi. Qömita mart oyining birinçi yarmidan keyin bozorda şakar narxlarining asossiz keskin oşganini ta’kidlab, Rossiya va Ukraina davlatlari tomonidan şakar eksporti töxtatilganining Özbekistonga heç qanday ta’siri yöqligini bildirgandi. Bu ikki davlatning içki bozordagi uluşi bor-yöği 2 foizni taşkil etadi.