Hujjatga köra, xalqaro tajribadan kelib çiqib mamlakatda faol qariş indeksini joriy etiş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi.

Keksalikning har bir yoş toifasi böyiça töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarziga rioya qilişga qaratilgan bukletlar hamda boşqa tarqatma materiallarni tayyorlaş va xonadonlarga yetkazilişini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda ğoliblikni qölga kiritgan faxriy çempionlar, sportçi-polvonlar iştirokida mahallalarda yoşlar uçun «Unutilmas çempionlar», «Faxriy polvonlar» mavzularida uçraşuvlar hamda musobaqalar taşkil etiladi.

Mahallalarda keksalar iştirokida oilalar birdamligini mustahkamlaş, oilada avlodlar örtasidagi özaro aloqani saqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan an’analarni rivojlantirişga bağişlangan «Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oila va yoşlar» mavzusida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravişda taşkil etiş möljallangan.

Keksalarning böş vaqtini mazmunli va foydali ötkazişini ta’minlaş, uzoq umr körişlariga yanada keng şaroit va imkoniyatlar yaratiş, boy tajribalarini yoşlarga örnak qilib körsatiş, örgatiş maqsadida ularning uylarida:

  • turli ilmiy, ijodiy va texnik tögaraklar taşkil etiladi;
  • kasb-hunar örgatişga qaratilgan faoliyat yölga qöyiladi.

Uşbu yönalişda taşabbuskor keksalar muntazam ravişda rağbatlantirib boriladi.