«Özgidromet» 26–27 mart kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilişiça, quyidagi hududlarda sel keliş xavfi e’lon qilinadi:
- Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Yuqori Çirçiq tumanlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolardan, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraladi.
Eslatib ötamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi 17 mart kuni Özbekistonda 2022 yil mart oyi uçun ilgari kuzatilmagan darajada yomğir yoğgani haqida ma’lum qilgandi. Mart oyi boşlangandan beri respublikaning toğli va toğoldi hududlarida yoğingarçilik odatdagidan 2-3 marta köp bölgan. Toşkentda deyarli 2 oylik miqdorda yoğingarçilik yoğgan.












