
“Içki işlar idoralari xodimlariga qarşilik körsatiş yoki ularni videotasvirga olib internet tarmoqlarida tarqatiş masalasida kuni keça prezidentimiz içki işlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini takomillaştiriş böyiça 118-sonli qarorni imzoladilar. Uşbu qarorda aynan xizmat vazifasini bajariş jarayonidagi xodimlarni videotasvirga olgandan söng uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga çiqarişga nisbatan ham ma’muriy javobgarlik belgilanadi”, deb aytgan Bekmurod Abdullayev UzNews.uz naşriga bergan intervyusida.
Vazir örinbosari tilga olgan 118-sonli prezident qarorini Özbekiston Respublikasi Qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz sayti) va normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilib boriladigan boşqa platformalarda hujjatlardan topişning imkoni bölmadi.
Kun.uz vazir örinbosarining muhokamalarga sabab bölayotgan sözlari yuzasidan vazirlik axborot xizmati rahbaridan izoh oldi.

“Xodimlarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlik uçun hali ma’muriy javobgarlik belgilangani yöq. Davlat rahbari tomonidan imzolangan 118-sonli qarorda şu haqda vazifa yuklatilgan.
Prezident selektorida ham uşbu masala kötarilgandi. Davlat rahbari qonunçilikka özgartiriş kiritiş böyiça vazirimizga topşiriq berganlar. Uşbu taklif işlab çiqilgaç, loyiha şaklida jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi, hamma bu borada özining fikrini bildirişi mumkin böladi. Şunda ham töliq taqiq bölmaydi, lekin qandaydir çegaralar qöyiladi”, deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
11 fevral kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev yöl harakati xavfsizligi inspektorlari faoliyatiga qarşilik körsatiş muammosiga e’tibor qaratib, buning uçun javobgarlikni kuçaytiriş kerakligini aytgandi.



















