Telegram kanallarda tarqalgan videoda qoidabuzarlik sodir etgani uçun töxtatilgan maşina haydovçisi YPX xodimining öziga tegişli transport vositasini jarima maydoniga olib ketişiga qarşilik qilgani körinadi.
Haydovçi YPX xodimiga yonida ötirib ketişni, avtomobilni jarima maydonigaça özi haydab borişini aytgan. Biroq YPX xodimlari bunga rozi bölmay, talabini bajarmagan haydovçiga nisbatan bir neça marta elektroşoker qöllagani videoda aks etgan.
Namangan viloyat YHXB tomonidan berilgan bayonotda haydovçining barça hujjatlari joyida bölgani, faqat muddati ötgan jarimasi borligi aniqlangaç, YPX xodimi uning boşqaruvida bölgan avtomobilni jarima maydoniga olib bormoqçi bölgani ta’kidlanadi.
“24 mart kuni soat 12:00 lar çamasida Namangan şahar I.Karimov va Qöqumboy şohköçalari kesişmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori O.Turğunov tomonidan 50 S 484 NA Spark rusumli avtomaşinaning 2021 yilda muddati ötgan 2 ta jarimasi borligi sababli töxtatilib, vaqtinçalik jarima maydoniga joylaş böyiça ogohlantirilişiga qaramay, haydovçi qonuniy talabni bajarmasdan xizmat faoliyatini davom ettirişga tösqinlik qilgan.
Xodim belgilangan tartibda haydovçini ogohlantirib, elektroşoker moslamasini qöllagandan söng haydovçi avtomaşinadan tuşib, noma’lum tomonga ketib qolgan. Avtomaşina vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilib, haydovçiga nisbatan xodimning qonuniy talabiga böysunmaganligi uçun Özbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Namangan viloyat YHXB tomonidan berilgan videobayonot negadir boşqarmaning Telegramdagi rasmiy kanalidan öçirib taşlandi. Biroq uşbu video boşqa telegram kanallarda saqlanib qolgan.
Kun.uz’ning IIVdagi manbasi xizmatga oid tegişli buyruqda YPX xodimi uşbu holatda elektroşoker qöllaşga haqli bölmagani, u faqat faol qarşilik paytida qöllanişi mumkinligi belgilanganini ma’lum qildi.
Içki işlar organlari töğrisida qonunning 23-moddasida elektroşokerni qöllaş tartibi keltirilgan. Qonunga köra, içki işlar xodimlari elektroşok qurilmalarini quyidagi holatlarda qöllaş huquqiga ega:











