Prezidentning “Elektromobillar işlab çiqariş va ulardan foydalanişni taşkil etişni qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Transport vazirligi, Moliya vazirligi va “Özavtosanoat” AJ bilan birgalikda respublika hududida bosqiçma-bosqiç yönalişli va yönalişsiz taksilarni elektromobillarga ötkazişni rağbatlantirişning qöşimça çora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda, elektromobillarda taksi xizmatlarini körsatuvçi jismoniy va yuridik şaxslarni 2040 yilga qadar barça litsenziya tölovlari va yiğimlaridan ozod qiliş nazarda tutiladi.

Özbekiston hududida elektromobillarni işlab çiqarişni rağbatlantiriş maqsadida:

  • jismoniy va yuridik şaxslar respublikada işlab çiqarilgan yangi elektromobillarni şuningdek, taşqi elektr manbai orqali zaryadlanuvçi, qöşimça içki yonuv dvigateli va elektr motori yordamida harakatlanuvçi avtomobillarni sotib olganlik uçun yiğimni tölaşdan ozod etiladi;
  • elektromobillar va gibrid avtomobillarni respublikada işlab çiqaradigan (yiğadigan) yuridik şaxslar utilizatsiya yiğimi tölaşdan ozod etiladi;
  • respublikada işlab çiqariladigan elektromobillar hamda gibrid avtomobillar uçun butlovçi qism va xomaşyolar böyiça bojxona boji tölaşdan ozod etiladi.

Mahalliy işlab çiqaruvçilarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini amalga oşiriş böyiça xarajatlar, şu jumladan, asbob-uskuna, quriliş işlari va elektromobillarni işlab çiqarişni taşkil etiş xarajatlarini qoplaş uçun 10 million AQŞ dollarigaça 5 yillik foizsiz şartlarda zayom beriladi.

Mahalliylaştiriş darajasi 20 foizdan va işlab çiqariş hajmi yiliga 15 000 donadan kam bölmagan va sotuv narxi 1000 BHMdan yuqori bölmagan mahalliy işlab çiqaruvçilar yoki ularning vakolatli dilerlik taşkilotlari tomonidan xaridorlarga yetkazib beriladigan barça turdagi elektromobillar va gibrid avtomobillar qiymatining 170 BHM miqdordagi qismi subsidiya sifatida qoplab beriladi.