Uruş boşlanganiga bir oydan oşiq vaqt ötdi. Ukraina tomoni Sumi oblastidagi Trostyanets şahrini ozod qilgani haqida xabar berdi, bu şahar mart oyi boşidan buyon rossiyalik harbiylar qölida edi. Şu bilan birga RF harbiylari Slavutiç şahrini — 1986 yilda, avariyadan keyin evakuatsiya qilingan Çernobil AES xodimlari uçun qurilgan şaharni egallagan. Vladimir Zelenskiy harbiy harakatlar aks etgan surat va videolarni e’lon qilişni taqiqlovçi qonunni imzoladi - bunday materiallar duşman uçun koordinatalarni aniqlaşda xizmat qilişi mumkin. Xuddi şu vaqtda Lvov raketa zarbalariga uçradi. 

Lvovda yonğin va tutun — şahar rossiyaliklarning raketa zarbalariga uçraşi oqibatlari.
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat böyiça sönggi ma’lumotlar:

  • Lvov öqqa tutildi. Lvov şahri atrofidagi hududlarda rossiyaliklarning kamida törtta raketasi portlagan. Beş kişi yaralangan, neftbaza va şahar infratuzilmasi obektlari şikastlangan; turar joy binolari jabrlanmagan. RF mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, Ukraina armiyasini yonilği bilan ta’minlagan yirik bazaga zarba berilgan.
  • Trostyanets ozod etildi. Ukrain harbiylari va partizanlar Sumi oblastidagi Trostyanets şahrini rossiyalik harbiylardan qaytarib oldi.
  • Slavutiç bosib olindi. Rossiya qöşini Ukrainaning eng yoş şahri, Çernobildagi avariyadan keyin, 1986 yilda Kiyev oblastida taşkil etilgan şaharni egallaşdi. Bu yerga ÇAES işçilari va oila a’zolari köçirilgandi.
  • Evakuatsiya davom etmoqda. 10 ta gumanitar yölakdan, rossiyaliklarning hujumlari davom etgani tufayli, şanba kuni atigi 5200 dan ortiq kişini olib çiqişga muvaffaq böldi, jumladan qamaldagi Mariupoldan 331 kişi evakuatsiya qilingan.
  • Zelenskiy rus tili bilan xayrlaşdi. U Ukrainada bu til bilan muammo bölmagani, ammo rossiyaliklarning bombardimonlari rus tilida sözlaşiş uçun istaklarni yöq qilgan. Sörovlar ukrainaliklar u bilan hamfikr ekanini körsatgan.
  • Ukraina qurolli kuçlarining ma’lum qilişiça, Sevastopoldagi tibbiy muassasalarga har kuni örtaça 50 nafardan 100 nafargaça yaralangan rus askarlari keltirilmoqda.
Tanklar va boşqa oğir texnikalar Xarkov oblasti Izyum rayoni Topolskoye qişloği yaqinidagi örmonda. Oblastdagi yirik şaharlardan biri Izyum uçun şiddatli janglar davom etmoqda, RF mudofaa vazirligi esa 24 mart kuni şahar egallangani haqida ma’lum qilgandi.