28 mart kuni AOKAda Sudyalar oliy kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda kengaşning 2021 yil va 2022 yilning birinçi çoragidagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sudyalar oliy kengaşi raisining örinbosari Alişer Jalilovning ma’lum qilişiça, 2021 yilda viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar faoliyati örganilib, kamçilikka yöl qöygan 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bundan taşqari, 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etilgan.

2022 yilning birinçi çoragida esa 22 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etilgan bölsa, intizomiy javobgarlikka tortilganlar soni 46 nafarni taşkil etadi.

Qöşimça qilinişiça, 2021 yilda odil sudlovga aralaşiş bilan boğliq 4 ta holat böyiça xizmat tekşiruvlari ötkazilib, aniqlangan holatlar böyiça Sudyalar oliy kengaşi raisi tomonidan Boş prokurorga taqdimnomalar kiritilgan. Natijada aybdor şaxslarga nisbatan 2 ta jinoyat işi va 2 ta ma’muriy iş qözğatilgan.

2022 yil birinçi çoragida esa sudyalar daxlsizligi buzilişining va ularning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga aralaşiş böyiça holat qayd etilmagan.