Toşkent hayvonot boğida qizini ayiqlar voleriga taşlab yuborgan ayolga qözğatilgan jinoyat işi unga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralarini qöllaş masalasini hal etiş uçun jinoyat işlari böyiça Toşkent  şahar sudiga yuboriş haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi. 

Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga köra, ayol umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib çiqqan holda, u tergov va sudda töğri körsatmalar beriş qobiliyatiga ega emasligi körsatilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 28 yanvar kuni Toşkent hayvonot boğida ayol özining 3 yoşli farzandini ayiq qafasi içiga taşlab yuborgandi.

Holat yuzasidan prokuratura Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatgandi.

Keyinroq tergov organi ayolning 2021 yil iyul oyidan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida röyxatda turganini aniqlagan.