Farrux Pölatov Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram kanali xabar bermoqda.
Şu kunga qadar u «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Kadastr agentligi sobiq direktori Fazliddin Umarovning Samarqand şahrining hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, 1979 yilda tuğilgan Farrux Pölatov «Özdonmahsulot» raisi lavozimiga kelgunga qadar Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti (hozirgi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti) Farğona boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. Şuningdek, Farğona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.












