MDH mamlakatlari özaro hisob-kitoblarda dollar va yevro örniga Xitoy yuanidan foydalanişi mumkin, dedi MDH ijroiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Leonid Anfimov.
"Menimça, MDH mamlakatlari örtasidagi özaro savdoda milliy valutalar yoki hamdöstlik tarkibidagi mamlakatlarga nisbatan nodöstona harakatlar qilmayotgan davlatlar valutasiga ötiş özini töliq oqlaydi. Bu birinçi navbatda yuan hamda dollar va yevro örniga zaxira valuta sifatida foydalaniş mumkin bölgan boşqa valutalardir", - dedi Anfimov.
Anfimovning fikriça, "dollar davri tugadi va bu valuta 2025 yilga borib öz mavqeyini sezilarli darajada yöqotadi".
Avvalroq rossiyalik investorlarning yuanga qiziqişi oşgani xabar qilingandi.









