Biz bunga Samarqand şahrida özimiz guvoh böldik. Sifatsiz suyultirilgan gaz bilan boğliq voqea birgina Samarqand şahrida röy berganida aybdorni topiş osongina bölar edi, biroq boşqa joylarda ham ana şunday muammolar uçrayotgan ekan. Buni gazni qazib olayotgan kompaniya vakili özi bizga oşkor qildi. Demak, muammo Özbekiston böylab röy bermoqda.


Samarqand şahrida joylaşgan «Temp-Plastik» MÇJda bölib, «Özneftgazinspeksiya» Samarqand hududiy bölimi mas’ullari hamrohligida holatni örgandik.


«Temp-Plastik» MÇJ rahbari Abduğani Qurbonovning ma’lum qilişiça, joriy yilning 17 mart kuni birja savdolari orqali «LUKOIL» kompaniyasidan 20 tonna suyultirilgan gaz xarid qilgan. Mahsulot Ğöğordagi korxonadan 25 mart kuni şoxobçaga keltirilgan. Maxsus yuk maşina jömragi oçilganda, propan örniga qandaydir suyuqlik çiqqan.
Bu holat avvalroq – yanvar oyida olib kelingan mahsulot bilan ham röy bergan. Avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi rahbarining aytişiça, yanvar oyida keltirilgan mahsulot ham «LUKOIL»dan xarid qilingan va ma’lum miqdordagi suyuqlik çiqarib yuborilgandan söng, aholiga gaz sotilgan. Sotilgan gaz sifatsiz bölgani uçun bir qança transport egalari e’tiroz ham bildirib kelgan. Transport vositalari egalariga yetkazilgan moddiy zarar gaz quyiş şoxobçasi tomonidan qoplab berilgan.
ASGQŞ va «Özneftgazinspeksiya» «LUKOIL» bilan boğlana olmagan
Abduğani Qurbonov mazkur holatni «Özneftgazinspeksiya» Samarqand viloyat bölimiga ma’lum qilsa-da, heç qanday natija bölmaganini aytmoqda. U gaz uçun pul ötkazilgan «LUKOIL Overseas Supply and Trading Ltd» şö’ba korxonasi vakillari bilan telefon orqali boğlana olmagan.
Darhaqiqat, maxsus yuk maşina jömragi oçilganda hidsiz, suvga öxşaş suyuqlik çiqayotganiga guvoh böldik.


















