Italiya boş vaziri Putin bilan telefon muloqotida tilga olingan masalalarning ba’zilariga OAV vakillari iştirokidagi matbuot anjumanida töxtaldi: «Ukraina mavzusida ba’zi masalalarni prezident Zelenskiy bilan muhokama qiliş zarurligini gapirdim, ammo Putin bunga hali erta ekanini aytdi», deb Dragining sözlarini keltirgan La Stampa.
Italiya boş vazirining aytişiça, telefon suhbati davomida Putin öt oçiş rejimini töxtatiş uçun muddat «pişib yetilmagani»ni ta’kidlagan. Jurnalistlar Dragidan Putin vaziyat haqida nima öylayotganini ham söraşdi. Italiya yetakçisi esa bir soatga ham bormagan suhbat bu borada xulosaga keliş uçun yetarli emasligini aytgan.
Dragiga köra, Rossiyadan gaz sotib oliş dollar yoki yevroda amalga oşirilaveradi: «Mavjud şartnomalar öz kuçida qoladi, Yevropa kompaniyalari Rossiyadan gazni dollar yoki yevroda sotib olaveradi. Moskva aytayotgan rublda tölov talabi texnik masala. Tölovni dollardan rublga ötkaziş Rossiyaning içki işi», degan Dragi.













