30 martdagi hujjatda qayd etilişiça, xorijliklarga quyidagi faoliyat turlari bilan şuğullanişi taqiqlanadi: daraxt kesiş, uşbu sohada xizmatlar körsatiş, yoğoçni kesiş va tayyorlaş, neft va gaz qazib oliş, neft mahsulotlari işlab çiqariş, tovarlar çakana savdosi, ixtisoslaştirilgan dökonlarda içimliklar va tamaki mahsulotlarining çakana savdosi, şahar, şahar atrofi va şaharlararo transportda yölovçilarni taşiş, taksiçilik faoliyati. 

Qayd etilişiça, farmon mehnat resurslarini migrantlar va mahalliy aholi örtasida taqsimlaşga qaratilgan. Perm ölkasi taşkilotlariga muhojirlarni Rossiya fuqarolari bilan almaştiriş uçun uç oy muddat berildi. Hozirça taqiq 2022 yil davomida amal qiladi. Migrantlarni işga olgan kompaniya egalari jazoga tortiladi.

Joriy yil boşidan beri Rossiyaning 4 ta hududi turli tarmoqlarda migrantlarning işlaşiga taqiq joriy qilgan edi. Ular: Kaluga oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Tyumen va Kaliningrad oblastlari (2021 yil oktyabrdan). 

Bu hududlarda migrantlarga taksi va boşqa har qanday jamoat transportini boşqariş, bolalar ovqatlarini işlab çiqariş, ta’lim sohasida işlaş, oziq-ovqat mahsulotlarini sotiş, oziq-ovqat yetkazib beriş, soğliqni saqlaş sohasida işlaş taqiqlangan. 

Mamlakatning ba’zi hududlarida migrantlarga tarjimon, kotib, muharrir, kadrlar böyiça xodim, moliyaçi, buxgalter lavozimlarida işlaş, şuningdek, toğ-kon, yoğoç savdosi, baliqçilik, ovçilik va yovvoyi hayvonlarni köpaytiriş bilan boğliq işlarga kiriş taqiqlangan. Şuningdek, xorijiy fuqarolarga bozor rastalarida işlaş, köçma dökonlarda ovqat pişiriş va sotiş taqiqlanadi. 

Şu bilan birga, ba’zi hududlarda migrantlarni taqiqlangan sohalardagi işga jalb qilganlarga katta jarimalar joriy etilgan. Yuridik şaxslarga - bir million rublgaça, mansabdor şaxslarga - 50 ming rublgaça, migrantni yollagan jismoniy şaxslar ham jarimaga tortilişi mumkin (ikki mingdan tört ming rublgaça).