Soğliqni saqlaş vazirligining Qaşqadaryo viloyatidagi sayyor tibbiy qabullari davom etmoqda. Hududda mobil poliklinikalar, mammografiya va flyurografiya uskunalari örnatilgan maxsus avtomaşinalar aholiga kun davomida tibbiy xizmat körsatyapti.

Mazkur qabullarda iştirok etib, murojaati qondirilgan bemorlardan biri Xudoyberdi Xudoyniyozov orqa miya ösimtasi sabab 1,5 yildan buyon nogironlik aravaçasiga mixlangan edi.

“Orqa miyamdagi ösimta sabab bir yarim yildan beri aravaçaga mixlanib qolgandim. Boşqalar yordamisiz yurolmasang, oğir ekan. Bugun mutaxassislar körigidan söng poytaxtdagi Respublika ixtisoslaştirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yöllanma oldim. Yana hayotga işonçim oşdi”,- deydi u.

Sayyor qabullar davomida ma’lum bölişiça, bemorlarning köpçiligi öt qopi xastaliklari bilan murojaat qilişgan. Şunday murojaatçilardan biri 43 yoşli Nargiza Qodirova ham öt qopida toş borligidan aziyat çekadi. Ammo çöl hududida istiqomat qilişi sababli kasallik xuruj qilganda tibbiy punktga yetib borişga qiynaladi.

Nargiza Qodirova Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan taşkil etilayotgan sayyor qabullar jarayonidagi tibbiy körikda tekşiruvlardan ötib Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filialida davolaniş uçun orderga ega bölganini aytadi:

 “Çöl hududida yaşaymiz, tibbiy punktimiz ham uzoqda joylaşgan. Kunlarning birida öt qopimda kuçli oğriq turdi. Şifokor yetib kelguniça köp qiynaldim. Mutaxassis menga birinçi tibbiy yordamni körsatdi. Operatsiya qilinmasa, öt qopi yorilib ketişi mumkinligini aytganidan söng könglimga ğulğula tuşdi. Bugun tibbiy körikka kelib, tekşiruvlardan ötdim. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filialida davolanadigan böldim. Endi könglim xotirjam...”.

Tibbiy körikda bolalar salomatligiga ham e’tibor qaratildi. Poytaxtdan borgan mutaxassislar barça bemor bolalarni tekşiruvdan ötkazib, davolaniş uçun Respublika bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida, Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Bolalar milliy tibbiyot markazida davo muolajalarini oliş uçun yöllanmalar berildi.