Oq uy saytidagi xabarda aytilişiça, Putinning «voyaga yetgan farzandlari»ga nisbatan töliq bloklaşni nazarda tutuvçi sanksiyalar qöllanadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Putinning ikki nafar voyaga yetgan qizlari bor.

Qayd etilişiça, mazkur çeklovlar ularni «AQŞ moliya tizimidan uzib qöyadi va Qöşma Ştatlardagi barça aktivlarini muzlatadi».

Bloomberg agentligi xabarida aytilişiça, Putinning qizlariga qarşi sanksiyalar qöllanişi - köp jihatdan ramziy qadam hisoblanadi, çunki ularning Rossiyadan taşqarida katta aktivlarga egaligi haqida aniq ma’lumotlar yöq, ammo bu orqali prezidentning e’tibori jalb qilinişi mumkin.

Şu bilan birga AQŞ Sberbank, Alfa-bank va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, boş vazir Mixail Mişustin va sobiq prezident Dmitriy Medvedevning oila a’zolariga qarşi ham sanksiyalar joriy etgan.

Amerikaliklar tomonidan Rossiyaga har qanday yangi investitsiyalar taqiqlanadi.

Bayonotda ta’kidlanişiça, sanksiyalar röyxatiga kirgan rossiyalik siyosatçilarning oila a’zolari «Rossiya xalqi hisobiga boyigan va Putinning Ukrainadagi uruşini qöllab-quvvatlaşmoqda».

Putinning qizlari haqida nimalar ma’lum?
Putinning Lyudmila Putina bilan nikohidan ikki qizi bor, ular ajraşgani haqida 2013 yilda e’lon qilingan. Rossiya prezidenti öz oilasi haqida gapirişni xuş körmaydi, uning qizlari bilan tuşgan oxirgi surati 2002 yilda e’lon qilingan.

2002 yilgi suratda Putinning rafiqasi va qizlarining yuzlari körinmagan
VLADIMIR RODIONOV/TASS

The New Times jurnali yozişiça, Putinning katta qizini Mariya Voronsova deb ataşadi. Voronsovaning hayoti haqida köp narsa ma’lum emas. Reuters ma’lumotlariga köra, u 1985 yil 28 aprelda tuğilgan va bir neça marta familiyasini özgartirgan.

Reuters agentligi 2015 yilda u - Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagani va endokrinologiya sohasida karera qilgani haqida yozgan. Şuningdek, OAVda Putinning katta qizi biznesmen Yorrit Yoost Faassenga turmuşga çiqqani va Niderlandiyada yaşaşi aytiladi.

Faassen 2007 yilda «Gazprom»da biznesni rivojlantiriş böyiça direktor lavozimini egallagan, ammo keyinroq kompaniyani tark etib, konsalting sohasiga işga ötgan edi (u yaqin vaqtgaça «MEF Audit» direktorlar kengaşini boşqargan).