Qozoğistonda epidemiologik vaziyat barqarorlaşgani tufayli mamlakat çegarasini kesib ötiş bilan boğliq joriy etilgan çeklovlar olib taşlanadi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilişiça, 11 apreldan boşlab Qozoğistonning Özbekiston, Qirğiziston va Rossiya bilan quruqlikdagi çegara ötkazuv punktlarida fuqarolarning çegarani kesib ötişiga nisbatan kiritilgan çeklovlar olib taşlanadi. 

Şuningdek, Qozoğistonga aviaqatnovlar orqali kirişga qöyilgan barça çeklovlar bekor qilinadi.

Şu bilan birga, çegaradan ötişda PZR-test manfiy çiqqani yoki koronavirusga qarşi töliq emlanganlik töğrisidagi sertifikatni körsatiş talabi saqlab qolinadi.