Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov Ovezdurdi Xöjaniyozovni içki işlar vaziri lavozimidan ozod qildi.  

Berdimuhamedov davlat xavfsizlik kengaşi yiğilişida bu haqda e’lon qilgan.

Xabar qilinişiça, yiğilişda Turkmaniston prezidenti huquq-tartibot organlari rahbariyati qator kamçiliklarga yöl qöyganini ta’kidlagan.

Ötgan yili Xöjaniyozov «faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari» uçun sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhammedovdan qattiq hayfsan olgandi. 

Şu kungaça Lebop oblasti politsiya boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan Muhammad Xidirov içki işlar vaziri etib tayinlangan.