Xitoydagi ayrim importyorlar Rossiya nefti va kömiri importi uçun yuanda tölov qilişga ötdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Xabarda aytilişiça, bir neçta kompaniya aprel oyida olinadigan kömir uçun mart oyida yuanda pul tölagan. Yuanga sotib olingan neft esa may oyida yetkazib berilişi aytilmoqda.
Xitoy iqtisodiy sanksiyalar bois energiya resurslari uçun yuanda pul tölaşga ötişga qaror qildi. Rossiyaning qator banklari SWIFT tizimidan uzilganidan söng xalqaro pul ötkazmalarini amalga oşiriş qiyinlaşdi.
Ma’lumot berilişiça, Rossiya ötgan yili Xitoyga kömir yetkazib beriş böyiça ikkinçi örinni egallagan.
Avvalroq MDH ijroiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Leonid Anfimov hamdöstlik mamlakatlari özaro hisob-kitoblarda dollar va yevro örniga Xitoy yuanidan foydalanişi mumkinligini aytgandi.









