Prezident “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boşqa ijtimoiy tölovlarni tölaş tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga asosan, 2022 yil 1 maydan boşlab:

— barça turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan tölanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boşqa tölovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uçun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvçilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga ötkaziş asosida hujjatlarni qoğoz şaklida yuritişdan voz keçiladi;

—  “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yiğinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvçilarning kartalaridagi mablağlarini ularning xohişlariga köra naqd pulga almaştirib beriş vazifasi yuklatiladi;

— “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib beriş xizmatlari uçun bankka 1 foiz miqdorda xizmat haqi budjetdan tölab beriladi;

— “Temir daftar”, “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegişli jamğarmalar mablağlari hisobidan körsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan tölanadigan işsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni ötab ozodlikka çiqqan fuqarolarga tölanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalaştiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;

2022 yil 1 sentabrga qadar harbiylaştirilgan tizim pensiyalarini hisoblaş va ularning tölov hisob-kitoblari tizimini tegişli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlaştiriş orqali xizmat körsatuvçi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritiş amaliyoti bekor qilinadi.