Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2020 yildan boşlab “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) ta’lim kampaniyasi mamlakat böylab bolalar va yoşlar orasida keng nişonlanib, bu yilgi ta’lim tadbirlari “Öz kelajagingizni quring, pullaringiz bilan töğri munosabatda böling” şiori ostida ötkazilmoqda.

Xususan, maktablarda aprel oyi davomida “Moliyaviy savodxonlik oyligi” doirasida öqituvçilar orasida “Moliyaviy savodxonlik böyiça eng yaxşi darslar” körik-tanlovi ötkaziladi. Tanlov (https://t.me/finlituzb/1763) ğoliblari (öqituvçilar) qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.

Şuningdek, maktablarning 5-11-sinf öquvçilari uçun moliyaviy savodxonlik va moliyaviy matematika böyiça onlayn-test ötkazilmoqda. Uşbu tadbir ma’lumotlarini Finlit.uz (https://t.me/finlituzb) orqali batafsil bilib oling.
Barça hududlarning “Yoşlar markazi”da yoşlar uçun “Finlit.uz bilan moliyaviy barqarorlik sari” (https://t.me/finlituzb/1797) mahorat darslari ötkazilmoqda. Tadbir iştirokçilari jamğariş könikmalari, mas’uliyatli qarz oliş tamoyillari, raqamli moliyaviy savodxonlik, suğurta xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati asoslari töğrisida maslahat va yöriqnomalarni soha ekspertlaridan oliş imkoniyatiga ega böladilar.

Markaziy bank taşabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent filiali, Moliya instituti va hududlardagi davlat universitetlari bilan hamkorlikda talabalar örtasida volontyorlik loyihasi yölga qöyildi. Loyiha doirasida 300 nafar volontyor talaba moliyaviy savodxonlik böyiça trenerlikka tayyorlanib, mamlakatimizning noiqtisodiy ta’lim yönalişidagi 84 ta oliy ta’lim muassasasida treninglar taşkil etmoqda.













