Ukraina 8 aprel kuni Özbekistondan insonparvarlik yuklari qabul qilgan. Bu haqda Karpatorti viloyati ma’muriyati xabar bergan.
Hudud rahbari Viktor Mikitaning sözlariga köra, hajmi 34 tonnadan ortiq bölgan yuk oblastdagi Yevropa gumanitar hablaridan biriga yetib kelgan. Uning tarkibidan dori-darmonlar, individual apteçka (dastlabki yordam uçun eng zarur dorilar töplami), uzoq muddat saqlanuvçi oziq-ovqat mahsulotlari va boşqalar örin olgan.
«Gumanitar yordam darhol qaynoq nuqtalarga yuboriladi», — degan hudud ma’muriyati rahbari.

Viktor Mikita Özbekiston hukumatiga körsatgan yordami va Ukrainaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Nikolay Doroşenkoga muvofiqlaştiriş va samarali gumanitar yölak uçun minnatdorçilik bildirgan.
«Işonçim komilki, bu aloqalar bizga yanada samarali hamkorlik qiliş imkonini beradi», — degan u.














