Savol: Qanday amallar rözani buzadi?
Javob: Rözador qasddan ovqat yesa, suv içsa, dori içsa yoki jinsiy aloqa qilsa, röza buziladi. Bu holatlarda ham qazo, ham kafforat vojib böladi. Ramazon rözasidan boşqa rözalarda kafforat yöq.
Quyidagi hollarda rözador odamning rözasi buziladi va qazosini tutib berişi vojib böladi, kafforat vojib bölmaydi:
- tong otmagan deb öylab, saharlik qilsa yoki kun botdi deb öylab oğzini oçib yuborsa-yu, söng tong otib qolgani yoki kun botmagani bilinsa;
- ayolini öpişi, uşlaşi orqali junub bölib qolsa;
- huqna (klizma) qildirsa;
- burniga dori tomizsa.
Beixtiyor qayt qilsa, röza buzilmaydi. Agar qasddan, zörlab, oğzi tölib qayt qilsa, rözasi buziladi, keyin qazosini tutişi vojib böladi.
Quyidagi holatlarda röza buzilmaydi:
- rözador esida yöq holatda yesa, içsa, jinsiy aloqa qilsa;
- uyqusida yoki ayoliga qarab junub bölib qolsa;
- qon oldirsa;
- surma qöysa;
- ayolini öpsa-yu, junub bölmasa.
Rözador odam iloji boriça özini bunday holatdan uzoq qilmoği lozim.
Rözador uçun quyidagi işlar makruhdir:
- Öz nafsiga işonmagan kişining öz ayolini öpişi. Agar nafsini jilovlay olsa, zarari yöq;
- Biror narsani tatib köriş va misvoqdan boşqa narsa bilan tişni tozalaş;
- Emizikli rözador ayol öz bolasiga zaruratsiz taom çaynab berişi. Bunda agar çaynamaslikning imkoni bölsa, çaynamagan ma’qul. Ammo imkoni bölmasa, çaynab berişning zarari yöq, vallohu a’lam.
Saharlikka uxlab qolsa nima qiliş kerak? — Ramazonga doir savol-javoblar
Röza kimlarga farz, kimlarga yengillik berilgan? — Ramazonga doir savol-javoblar
Savol: Kun juda issiqligi tufayli yoki terlab ketgan vaqtda rözador kişi çömilişi mumkinmi?
Javob: Odamlar içida rözador kişi kunduz kuni yuvinişi haqida bir biriga mutlaqo zid ikki xil qaraş bor:
1. Rözador kişi kunduz kuni mutlaqo yuvinişi mumkin emas;
2. Kunduz kuni bemalol yuviniş mumkin.
Bu mavzuda söz boşlaşdan avval, kunduz kuni ehtilom bölib qolgan rözador ğusl qilişi vojibligi, albatta, yuvinişi şart ekanini ta’kidlaymiz va bu borada heç qanday ixtilof yöq. Bizning mavzumiz ğusl qilişi vojib bölmagan rözadorning yuvinişi haqida böladi.
Bu mavzuda «Al-Fatovol hindiya» kitobida şunday deyiladi: «Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinişiça, rözador tahoratdan boşqa paytlarda oğiz va burun çayişi makruhdir. Şuningdek, ğusl qiliş (çömiliş), boşiga suv qöyiş, suvga şönğiş, namlangan kiyimga öraniş ham makruhdir. Abu Yusuf rahmatullohi alayh aytadilar: «Yuqorida sanalgan işlar makruh emas». Mana şu gap ustunroq, «Muhiti Saraxsiy» kitobida şunday kelgan».
Demak, jiddiy zarurat bölmaganda tahoratdan boşqa paytlarda oğiz va burun çayiş, ğusl qiliş (çömiliş), boşiga suv qöyiş, suvga şönğiş, namlangan kiyimga öraniş kabi işlar qilinmasa, bu işlar iftordan keyinga qoldirilsa, Imom Abu Hanifa rahimahullohning sözlariga amal qilingan böladi.
Lekin masalan, kun qattiq isib ketganda va boşqa şu kabi holatlarda yuqoridagi işlarni qiliş zarurati tuğilsa va ibodatdan bezor böliş ma’nosida emas, balki ibodatga yordam oliş ma’nosida bu işlar qilinsa, Imom Abu Yusuf rahimahullohning sözlariga, keyingi ulamolar ustun körgan sözga amal qilingan böladi, makruh bölmaydi, vallohu a’lam.
Maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning tegişli ekspertiza xulosasi asosida çop etilmoqda.












