Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, holat 12 aprel kuni soat 11:05 larda Buxoro şahrining Istiqlol mahallasida yuz bergan. Ş.N. ismli şaxs “Aholi Trans” MÇJga qaraşli Shacman çiqindi taşiş maşinasini köp qavatli uy yonidagi çiqindixonadan boşqarib çiqayotib çiqindixona yonidan ötib ketayotgan Y.N. va bolalar aravaçasida bölgan, 2020 yilda tuğilgan S.A.ni bosib ketgan.

Oqibatda ular oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan fuqaro Ş.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.