Yevroittifoqning tört mamlakati prezidentlari Ukraina poytaxtiga boradi, deb xabar berdi “Onadölu” agentligi.

Polşa prezidenti Anjyey Duda devonxonasining ma’lum qilişiça, Kiyevga u bilan birga Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari Gitanas Nauseda, Egils Levits va Alar Karis boradi.

Ular Ukraina poytaxtida prezident Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazadi.

«Siyosiy va harbiy yordam töğrisidagi xabar bilan Kiyevga yo‘ olyapmiz. Litva Ukrainaning öz ozodligi uçun kuraşini qöllab-quvvatlaşda davom etadi», - deb yozdi Litva rahbari Twitter sahifasida.

Avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson, Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga taşrif buyurib, Zelenskiy bilan uçraşgandi.