MasterCard tölov tizimi va Nexo kriptovaluta platformasi ilk MasterCard kriptovaluta kartasi çiqarilganini e’lon qildi.

Nexo Card deb nomlanuvçi mazkur karta foydalanuvçining kriptovaluta aktivlarini sarflamasdan, ulardan tölov ta’minoti sifatida foydalanib tölovni amalga oşiriş imkonini beradi.

Foydalanuvçi uşbu karta orqali har safar tölovni amalga oşirganida kriptovalutada 2 foizgaça keşbek olişi mumkin.

Loyihada MasterCard va Nexo bilan birgalikda DiPocket korporativ elektron tölovlar operatori ham iştirok etmoqda.

MasterCard ançadan buyon raqamli valutalarga qiziqiş bildirib kelmoqda. Kompaniya 2018 yilda tranzaksiyalarni bank kartalari yordamida kriptovalutada amalga oşiriş uçun patent olgandi.