«Bunyodkor» futbol klubi 2012 yilning yoz faslida «Jar» stadionidan poytaxtning Çilonzor tumanidagi sobiq MHSK öyingohi örnida va unga tutaş hududda yangi barpo etilgan zamonaviy majmuaga köçib ötgaç, klub qoşidagi futbol maktabining imkoniyatlari keskin ravişda oşdi. Törtta tabiiy, uçta sun’iy qoplamali FIFA andozalaridagi maydonlar, barça şaroitlarga ega yotoqxona, turli fanlar yönalişiga moslab jihozlangan öquv xonalari, oşxona, basseyn, trenajyor va sport zallari, tibbiy markaz... Bularning bari yoş futbolçilar ixtiyoriga berildi, yangi iqtidorlarni kaşf etiş uçun tuhfa etildi.

Foto: Bunyodkor

2019 yilning oktabr oyiga kelib, «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi hayotida yangi sahifa oçildi. Yurtimizga xalqaro miqyosdagi mutaxassis – vengriyalik Laslo Salai boşçiligidagi Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiylari taşrif buyurib, «Bunyodkor» FK akademiyasining faoliyati, tarbiyalanuvçilarning maşğulotlaridan tortib, bilim oliş jarayoni, ularga yaratilgan imkoniyatlar, dargohning butun moddiy-texnika bazasigaça közdan keçirişdi, baholaş tizimi böyiça monitoringdan ötkazişdi. Bundan maqsad, «Bunyodkor» akademiyasi OFKning nufuzli yoşlar tizimidagi tasnifga köra, ikki yulduzli maqomga loyiqligi yoki yöqligini örganiş edi. Yakunda, «Bunyodkor» akademiyasi OFKning ikki yulduzli maqomiga loyiq körildi. Va bu borada Markaziy Osiyodagi birinçi hamda hozirça yagona ikki yulduzli akademiya sifatida tarixdan joy oldi. Butun Osiyoda ham ikki yulduzli akademiyalar kamsonli hisoblanadi. OFK bu toifaga kiritgan futbol maskanlari sifatida «Fukuşima», «Gamba Osaka», «Kaşima Antlers» (Yaponiya), «Seul» FK (Koreya Respublikasi), «Zob-Axan» (Eron), «Uestern Sidney Uonderers» (Avstraliya) akademiyalari kabilarni tilga oliş mumkin.

Foto: Bunyodkor

Natijada avval boşqa klublarning tayyor futbolçilari evaziga şakllanib kelgan «Bunyodkor», mana, bir neça yillar bölyaptiki, endilikda tarkibini akademiyadan yetişib çiqayotgan öz tarbiyalanuvçilari hisobiga töldirib bormoqda. Bir söz bilan aytganda, «Bunyodkor» akademiyasi allaqaçon yangidan-yangi nomlarni kaşf qiluvçi “iqtidorlar fabrikasi”ga aylanib ulgurgan. Akademiyaning köplab tarbiyalanuvçilari bugungi kunda mamlakatimizda va xorij jamoalarida muvaffaqiyatli töp tepişmoqda. Çet elda javlon urayotgan Eldor Şomurodov, Doston Hamdamov, Otabek Şukurov, Jasur Jaloliddinov, özimizda öynaşayotgan Sardor Raşidov, Rustam Aşurmatov, Nurillo Töxtasinov, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Rasul Yöldoşev, Xurşid Ğiyosov, Suhrob Izzatov, Mirjahon Mirahmadov, Dilşod Ahmadaliyev va boşqa köplab ular kabilar «Bunyodkor» akademiyasida tahsil olişgan, tarbiya topişgan. Bugunda ham yana yangi nomlar kaşf etilişi davom etmoqda.

2022 yilning ilk kunlaridanoq «Bunyodkor» FKda yangi futbol mavsumiga taraddud boşlangan edi. «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi, klub prezidenti Mehriddin Abdullayev qabulida 2 yanvar kuni taşkil etilgan yiğilişda klub direktori Uluğbek Mirzayev hamda boş murabbiy Şuhrat Maqsudov rahbardan tayyorgarlik rejalari böyiça qat’iy topşiriq olişdi. Yiğilişda asosiy tarkibning bir qator tajribali a’zolari boşqa jamoalarga ötib ketganlari tufayli, ularning örinlarini kimlarning hisobiga töldiriş jarayonida ustuvorlik akademiya bitiruvçilariga qaratilişini klub prezidenti Mehriddin Razzoqoviç asosiy vazifa qilib belgilab berdi:

- Özbekistonda yoşlarga e’tibor hamişa yuqori darajada bölib kelgan. Davlatimiz rahbari yoşlarning ertangi kuni uçun doimo qayğurib keladi. Şu bois, özining baquvvat akademiyasiga ega bizdek klub ham, birinçi navbatda, öz içki imkoniyatlaridan keng foydalanişi zarur. Tarkibdagi yöqotişlarning örni klubning öz tarbiyalanuvçilari orqali töldirilişi lozim. Lekin, har qanday holatda ham, jamoaning asosiy maqsadi – sovrinli örinlar uçun kuraşiş vazifasi özgarmaydi. Va «Bunyodkor» yutuqlarga asosan öz tarbiyalanuvçilari bilan erişsa, bu barçaga judayam manzur böladi, - deb ta’kidlagan edi M.Abdullayev.

Foto: Bunyodkor

Buning uçun «Bunyodkor»ning boş homiysi bölmiş «Özbekneftgaz» AJ klub va uning tizimidagi barça jamoalarga yetarliça şaroitlar yaratib bermoqda. Foydalanişga topşirilganiga ön yil bölgan akademiyada ötgan oradagi davrda köp narsa ta’mirga muhtoj holatga kelib qolgan edi. Şaroitlarni bugungi kun talablariga keltiriş uçun boş homiyning alohida e’tibori natijasida, hozirda akademiyada barça jabhalarda holat ança yaxşilangan, yangilangan va talab darajasida.

Yuqorida aytib ötilgan uçraşuvdan söng murabbiylar ştabi tomonidan yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi işlab çiqildi. Uşbu reja asosida akademiyaning közga köringan barça iqtidorlari nazorat öyinlari orqali sinovdan ötkazildi. «Bunyodkor» saralab olingan yoşlar bilan fevral oyida Turkiyaning Antaliya şahriga jönab ketdi va u yerda ikki haftalik öquv-maşğulot yiğini taşkil etildi.

Foto: Bunyodkor

Antaliya yiğinida Ukraina, Armaniston va Rossiyaning nomdor jamoalariga qarşi sinov-nazorat uçraşuvlari ötkazilib, xalqaro öyinlar orqali toblangan yoşlar qisqa vaqt içida «Bunyodkor»ning yetakçilariga aylanişdi. Jumladan, Jahongir Örozov, Muzaffar Olimjonov, Umarali Rahmonaliyev boş murabbiy Şuhrat Maqsudov bildirgan işonçni oqlaşmoqda. Garçi ular Superligada asosiy tarkibning haqiqiy öyinçilari sifatida ilk mavsumlarini ötkazayotgan bölsalarda, maydonda özini yöqotib qöyişmayapti. Aksinça, işonç bilan harakat qilişmoqda.

Foto: Bunyodkor

Yoşlarning işonçli va tartibli öyini futbolga ixtisoslaşgan turli internet naşrlarining e’tirofiga sazovor böldi. Ya’ni «Bunyodkor» tarbiyalanuvçilari Superliganing har turidan söng ramziy terma jamoa tarkibiga kiritilmoqda. «Bunyodkor» öz an’anasiga sodiq qolgan holda, qisqa vaqt içida özbek futboliga yaqin kelajakda Özbekiston milliy terma jamoasining asosiy öyinçilari bölişi mumkin bölgan bir neça yoş iqtidor egalarini tuhfa etdi. Şuningdek, Mahmud Mahammadjonov, Bilol Tupliyev, Umid Sultonov, Sirojiddin Başriddinov kabi iqtidorlar ham bemalol akalarining örnini bosa oladigan futbolçilarga aylanib borişmoqda. Öz tarbiyalanuvçilariga tayanayotgan klubning tutgan yöli qançalik töğri ekanligini «Bunyodkor»ning bu yilgi Superligadagi natijalari ham yaqqol körsatib turibdi. Töğri, jamoa Superligada ortda qolgan 4ta tur uçraşuvlaridan keyin turnir jadvalida kuçli uçlikda emas, ammo sovrinli örinlar uçun kuraşdan ham uzoqda emas («Navbahor» bilan 4-5-örinlarni bölişib turibdi). Asosiysi, bu natijalar yulduzli tarkib bilan emas, balki yoş tarbiyalanuvçilar bilan qayd etilayotgani e’tiborga molik. Bu kişini xursand qilmasdan qöymaydi.

Foto: Bunyodkor

Yoşlar ligasida iştirok etayotgan «Bunyodkor» örinbosarlari a’zolari ham asosiy tarkib murabbiylar ştabi tomonidan doimiy kuzatuvda bölib turişibdi. Tarkibida talaygina iqtidorlari bor örinbosarlar jamoasi yangi mavsumni öta işonçli ötkazmoqda. Abduhamid Qodirov murabbiyligidagi yoşlar ötkazilgan törtta uçraşuvning barçasida ğalaba naşidasini surib, turnir jadvalida yakka peşqadam bölib turibdilar. Qayd etilayotgan natijalarning özi ham akademiya iqtidorlarga boyligini va işlar töğri yölga qöyilganligini anglatadi.

Tegişli yoş toifalaridagi Özbekiston terma jamoalarining murabbiylari safiga jalb qilingan «Bunyodkor» akademiyasidagi ustozlar Miraziz Mirzaahmedov, Jamoliddin Rahmatullayev kabi yoş mutaxassislar ham bir talay qobiliyatli futbolçilarni tarbiyalaşmoqda. Aleksandr Zevadinov, Iskandar Soliyev singari ösmirlar hozirdanoq katta umid uyğotişmoqda va sekin-asta asosiy jamoa eşigi sari şahdam qadamlar bilan yaqinlaşyaptilar.

Qisqasi va eng muhimi, «Bunyodkor» bu orqali özining yangi nomlarni kaşf etiş an’anasini amalda isbotlamoqda. Joriy yilda özining 110 yilligini nişonlayotgan özbek futbolining ertangi kuni uçun «Bunyodkor»ning hissasi çindan ham bundan boşqaça bölişi mumkin emas!

«Bunyodkor» klubi axborot xizmati