Sardor Abdullayev «Uzbekistan Airports» AJ boşqaruvi raisining axborot texnologiyalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvçisi Sardor Abdullayev öz faoliyatini Toşkent moliya boşqarmasida boşlagan. U bir neça yil davomida Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va axborot xavfsizligi departamentida işlagan. 

Sardor Abdullayev 2020 yildan 2022 yilgaça Toşkent şahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etiş böyiça örinbosari bölgan.

Bahodir Mirusmonov «Uzbekistan Airports» AJ boşqaruvi raisining personal böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bahodir Mirusmonov Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Davlat xizmatçilari faoliyatini monitoring qiliş va baholaş departamenti mudiri lavozimida işlagan. 

U Toşkent töqimaçilik va yengil sanoati institutini tamomlagan, Davlat statistika qömitasi hamda Özbekiston prezidenti devonida faoliyat yuritgan.