Vaqti kelib, hammamiz bu dunyoni tark etamiz. Yerdan yaraldik, yerga qaytamiz.
Şunday paytlarda işimiz tuşadigan kasb egalari bor, ular mayitni sönggi manzilga kuzatişadi va körganlarini sir saqlab, özlari bilan görga olib ketişadi. Lekin SUBeKTIV'ning bu galgi qahramonlari ibrat yölida ba’zi narsalarni gapirib berişga rozi bölişdi.
Suhbatdoşlarimiz – 40 yillik tajribaga ega görkov Miroqil ota Fozilov hamda 32 yildan buyon ğassollik kasbini tutgan Zuhra momo Aliyeva böldi.
Biz ulardan şariat taomillari asosida mayitni yuviş, kafanga öraş, qabr kavlaş jarayonlari haqida özimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. Ötkinçi dunyoning işlaridan körgan-keçirganlari, kasbiy tajriba va xulosalari bilan qiziqdik.
Öylaymizki, navbatdagi körsatuvimiz köpçilik uçun foydali, lekin nisbatan topiş qiyinroq bölgan ma’lumotlarga boyligi bilan, qolaversa, kişiga hissiy ta’siri bilan ham boşqalaridan ajralib turadi.
Jamşidxon Ziyoxonov,
muallif
SUBeKTIV'ni moddiy qöllab-quvvatlaşni istagan vatandoşlarimizga:











