Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Çuy oblasti Alamudun rayonidagi 27-umumiy tartibdagi axloq tuzatiş koloniyasiga ötkazildi.
Atamboyev 6 aprel kuni jurnalistlarga özini Bişkekdagi 47-şifoxona tipidagi axloq tuzatiş koloniyasidan Çuy oblastidagi 8-koloniyaga ötkazişlarini söraganini aytgandi.
Sobiq prezidentning sözlariga köra, u 47-koloniyadagi tutib turiş şaroitlaridan qoniqmagan hamda 23 mart kuni sudga qorda oyoqyalang olib kelişganidan norozi bölgan.
Atamboyev 2020 yil iyunda korrupsiyada aybdor deb topilib 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Tergov hujjatiga köra, u bir guruh şaxslar bilan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan ozod qilinişiga yordam bergan.
Batukayev işi böyiça hukmdan söng Atamboyev 47-sonli axloq tuzatiş koloniyasiga joylaştirilgan.












