18 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Z. Tölaganovaga tibbiy yösindagi majburlov ehtiyot çorasini qöllaş masalasini hal qilişga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni öz nihoyasiga yetdi.
E’lon qilingan sud ajrimi bilan Z. Tölaganova ijtimoiy xavfli qilmişni aqli noraso holatda sodir etgan deb topilib, uning Toşkent respublika kuzatuvi kuçaytirilgan ruhiy kasalliklari şifoxonasida majburiy davolanişi belgilandi.
Qöşimça qilinişiça, ajrimdan norozi tomonlar 20 sutka muddat içida şu sud orqali Toşkent şahar sudiga xususiy şikoyat yoki xususiy protest keltirişga haqli.
- Eslatib ötamiz, 28 yanvar kuni Toşkent hayvonot boğida uşbu ayol özining 3 yoşli qizçasini tösiq ortidan ayiqning qafasiga taşlab yuborgandi. Zuzu laqabli Kavkaz ayiği qizga yaqinlaşib, hidlab körib, söng ortiga qaytgan. Öşanda boğ işçilari ayiqni içki xonaga çaqirib olişgandi.
- Qizaloqda oçiq boş miya jarohati va boş miya çayqalişi aniqlangan, bir muddatdan söng uning ahvoli yaxşilangan va uyiga javob berilgandi.
- Prokuratura tomonidan ayolga nisbatan JKning 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi «v» bandi (javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda, ya’ni aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsni qasddan öldiriş) bilan jinoyat işi oçildi. Ayol psixonevrologik dispanser röyxatida turgani, oilada bosimga uçragani va turmuş örtoği bilan ajraşmoqçi bölgani ma’lum bölgandi.
- Mart oyi oxirida Boş prokuratura ayolga tegişli jinoyat işini unga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralarini qöllaşni hal qiliş uçun sudga yubordi. Ayol «umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgan», şu bois u tergov va sudda töğri körsatmalar beriş qobiliyatiga ega emas, deb ma’lum qilindi.












