Xurram Jörayev

Jörayev Xurram Abduroziqoviç Çiroqçi tumani hokimi lavozimidan ozod etilib, Kökdala tumaniga hokim etib tayinlandi.

Xurram Jörayev 2019 yil oktyabr oyida Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Çiroqçi tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Nodir Erkayev Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Çiroqçi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Nodir Erkayev

Nodir Erkayev Qaşqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangunça Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasida işlagan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qaşqadaryo viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvda Çiroqçi tumanining aholisi köpligi va hududi kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga böliş va uning bir qismida Kökdala tumanini taşkil etiş taklifini bildirgandi.

2022 yil 17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Çiroqçi tumanining çegaralarini özgartiriş va Kökdala tumanini taşkil etiş töğrisidagi masalani körib çiqqan va uning tegişli qarori qabul qilingandi.