Qömita xabariga köra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikada 203,7 ming tuğiliş qayd etilgan. Bu körsatkiç ötgan yil mos davri bilan soliştirilganda 13,4 foizga oşgan.

Özbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tuğilişlar soni 1991 yilda qayd etilgan tuğilişlar bilan soliştirilganda 25,1 foizga oşgan.

Hududlar kesimida tuğilişlar soni böyiça Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda – 24 265 ta holat. Keyingi örinlardan mos ravişda 21 965 ta va 20 955 ta tuğiliş holati kuzatilgan Farğona viloyati hamda Qaşqadaryo viloyati joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça körinişga ega:

  • Andijon viloyati – 18 720 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 18 421 ta; 
  • Namangan viloyati – 17 542 ta;  
  • Toşkent viloyati – 17 134 ta; 
  • Toşkent şahri – 16 438 ta;
  • Qoraqalpoğiston R. – 9 680 ta;  
  • Buxoro viloyati – 9 352 ta; 
  • Xorazm viloyati – 9 125 ta; 
  • Jizzax viloyati – 8 959 ta;  
  • Navoiy viloyati – 5 692 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 5 422 ta.