Özbekistonda kasanaçilar bilan işlaydigan tadbirkorlarga 500 mlrd söm ajratiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni ötkazilgan yiğilişda kasanaçilikni rivojlantiriş xotin-qizlar, nogironligi bor aholini iş bilan ta’minlaş uçun yaxşi imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.
- Şu munosabat bilan, kasanaçilar bilan işlaydigan tadbirkorlarga:
- oilaviy tadbirkorlik dasturidan 500 milliard söm yönaltiriladi;
- oladigan kreditlari böyiça Tadbirkorlik jamğarmasidan 75 foizlik kafillik beriladi hamda foiz xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi qoplab beriladi.
Kasanaçilarga esa:
- özini özi band qilgan fuqarolar kabi faqat ijtimoiy soliq tölaş imkoniyati beriladi;
- olis hududda işlayotgan kasanaçilarning dastlabki 1 oylik iş haqi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Viloyat hokimlariga uşbu imkoniyatlardan foydalanib yil yakuniga qadar 100 ming nafar aholining bandligini ta’minlaş topşirildi.

















