Istanbulning Ğoziusmonpoşşo rayonidagi Yoşlar fondi binosi yaqinida portlaş sodir böldi. Bu haqda Istanbul gubernatori ofisi xabar qildi.

Xabarga köra, voqea joyida qölbola portlovçi qurilma parçalari topilgan.

Xavfsizlik xizmatining bildirişiça, bino derazalariga zarar yetgan, jarohatlanganlar va halok bölganlar yöq.

Star gazetasining yozişiça, kuzatuv kameralarida şaxsi noma’lum ayol binoga kirgani va u yerda portlovçi qurilmani qoldirib çiqib ketgani qayd etilgan.

Politsiya gumonlanuvçini qölga oliş böyiça operatsiya boşlagan.