Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, taşqi savdo aylanmasida eksport 5,8 mlrd dollarni taşkil qildi.

Eksport tarkibida mahsulotlar 5,2 mlrd dollarni, xizmatlar esa 568 mln dollarni olib kelgan.

Bundan taşqari, taşqi savdoda import hajmi 7,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Bunda, mahsulotlar – 6,8 mlrd dollar, xizmatlar  – 530 mln dollar. 

Şuningdek, taşqi savdo aylanmasida saldo -1,6 mlrd dollarga teng böldi.

Bundan oldin Özbekiston importida eng yuqori uluşga ega 10 ta davlat ma’lum qilingandi.

Yanvar-fevral oylarida Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakçilik qilgan. Xitoydan 1 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 905,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.