MM «MUFEED MOLIYA» kanali muallifi Hondamir Nusratxöjayev uşbu maqolasida mijozlarni xarid qiliş çastotasi va summasi böyiça toifalarga bölib, eng köp pul keltiradigan mijozlarni topiş imkonini beruvçi tavsiyalari bilan örtoqlaşadi.

RFM-tahlil – mijozlarni ularning xarid qiliş çastotasi va summasi böyiça segmentlarga bölib, eng köp pul keltiradigan mijozlarni topiş imkonini beruvçi tahliliy uslub.
RFM abbreviaturasi quyidagiça tuşuntiriladi:
- Recency — muddat (foydalanuvçilaringiz oxirgi marta qaçon sizdan nimadir sotib olgani);
- Frequency — çastota (ular sizdan qançalik tez-tez xarid qilişi);
- Monetary — pul (xaridlarning umumiy summasi).
Mana şu belgilarga köra, mijozlaringizning barçasini guruhlarga bölib, ularning qay biri sizdan tez-tez va köp, qaysilari tez-tez, biroq kam, kimlar ançadan buyon heç narsa xarid qilmaganini aniqlaş mumkin.
Har bir guruh bilan alohida aloqa tiklasa böladi: ularga turliça reklama va turli e-mail xabarnomalar jönatib. Masalan, doimiy VIP mijozlar guruhida maxsus takliflar bilan çiqiş qiliş mumkin, ançadan buyon xarid qilmayotgan foydalanuvçilarga esa çoğlantiruvçi çegirma berib, ularga targetlangan reklamani yönaltiriş mumkin.
Mijozlarni qanday bölsa böladi?
RFM-tahlilning mohiyati şundaki, ular sönggi xaridini qaçon amalga oşirgani, xarid uçun qançalik tez-tez kelib turgani, ularning buyurtmasi summasi naqadar katta bölganidan qat’i nazar, biz barça mijozlarni guruhlarga taqsimlaymiz. Bu belgilarning har biri böyiça uçta teng guruh ajratib olamiz. Har bir guruhdagilarga 1 dan 3 gaça bölgan sonlar beramiz.
Buyurtmaning eskilik muddati böyiça (recency):
- 1 — azaldan mijozlar;
- 2 — nisbatan yaqindagi mijozlar;
- 3 — yangi mijozlar.
Tez-tez xarid qiliş çastotasi böyiça (frequency):
- 1 — juda kam xarid qiladi (ahyon-ahyonda);



















