Abror Ğafurov – Germaniya Yer tadqiqotlari markazining “Markaziy Osiyoda suv” loyihasi rahbari, Berlindagi Humboldt universiteti dotsenti. Ekspert Kun.uz bilan suhbatda sel suvidan foydalaniş haqidagi savolga javob berdi.

“Keraksiz vaqtda kelayotgan suvni yiğib oliş – eng yaxşi narsa. Buning uçun suv omborlari quriladi. Özbekistonda ham suv omborlari bor. Ular elektr energiya işlab çiqarişdan taşqari qişloq xöjaligini suv bilan ta’minlaş funksiyalariga ega. Lekin suv omborlari köpinça suv bilan töla böladi.

Agar aytaylik, kelasi 10 kun içida xuddi mart oyidagidek tinimsiz yomğir yoğsa, suv omborlarida bu suvni uşlab qoliş uçun kerakli joy zaxirasi bölişi kerak. Agar zaxira bölmasa, bu suvni taşlab yuborişga majbur bölamiz. Sababi suv omborlarining öziga yaraşa xavfsizlik qoidalari bor, ularda me’yordan ortiq suv saqlaş mumkin emas. Şuni e’tiborga olgan holda, kelasi oyda qança suv kelişini oldindan hisoblab, suv omborlarini boşqariş va iloji boriça yomğir suvini ham saqlab qoliş imkoniyatlarini topiş kerak.

Masalan, Norvegiya tajribasida bunga alohida ahamiyat beriladi: ular “Tepadan tuşayotgan har bir tomçi iqtisodiyotimiz uçun bir dollar bölsa ham qöşimça foyda böladi”, deb hisoblaşadi”, deydi mutaxassis.

Abror Ğafurovning qayd etişiça, Özbekistonda ham suvni maksimum darajada saqlab qoliş va unumli foydalaniş yöllarini topişga harakat qiliş zarur. Buning uçun turli maqsadlarni, jumladan, qişloq xöjaligini suğoriş, elektr energiya işlab çiqariş va suv omborlari xavfsizligi kabi jihatlarni hisobga olib suvdan foydalanişni optimallaştiriş kerak.