MegaFon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda Özbekiston IT-mutaxassislarini rivojlantiriş va iş bilan ta’minlaş dasturini yölga qöymoqda. Bu «INNOSANOAT. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat körgazmasida imzolangan hamkorlik töğrisidagi memorandumda közda tutilgan.

Hamkorlik dasturlaş va işlab çiqiş sohasidagi talab yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça turli darajadagi mutaxassislarni öqitiş va rivojlantirişga yönaltirilgan. Öqişdan söng iştirokçilarga malakasidan kelib çiqib, amaliyot ötaş dasturi yoki birdaniga MegaFon jamoasida haqiqiy loyihalar ustida iş boşlaş imkoniyati taqdim etiladi.

«MegaFon eng murakkab IT-loyihalarni amalga oşiriş böyiça keng qamrovli tajribaga ega. Ötgan yili biz Özbekiston bozoriga kirdik va hamkorlar bilan birgalikda uyali aloqa bozori yetakçilaridan biri UCell’ni öz içiga olgan mamlakatdagi eng yirik raqamli holding – Digital Holdinğni rivojlantiriş bilan şuğullanmoqdamiz, – dedi MegaFon boş direktori Xaçatur Pombuxçan. – Biz mamlakat istiqbolini Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-hab sifatida köryapmiz va oliy toifadagi ixtisoslaşgan mutaxassislarni tayyorlaşda tajribamiz bilan bölişiş hamda öz resurslarimizni işga solişga tayyormiz».

HeadHunter Özbekiston tomonidan tayyorlangan 2021 yil uçun mehnat bozori kuzatuvlari natijasiga köra, bugun IT mamlakat iş beruvçilari orasida eng talab yuqori bölgan kasb sohalari böyiça ikkinçi örinni egallaydi. IT sohasi işçilarining daromadlari darajasi va 2020 yilga nisbatan ösiş sur’atlari böyiça an’anaga muvofiq reytingning yuqori qatoridan joy olgan.

«Bugun Özbekiston yoşlarni IT-mutaxassisliklarga öqitiş böyiça qator loyihalarni amalga oşirmoqda. Şunday qilib, agar 2000 yillar boşlarida mamlakatda atigi bir neça yuz IT-mutaxassislar bölgan bölsa, bugun ular soni 50 ming nafardan oşgan. 2030 yilga qadar IT-mutaxassislar sonini million kişiga yetkaziş vazifasi belgilangan, – deydi Oleg Pekos, Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari. – Biz MegaFon bilan hamkorlik AKT sohasida malakali kadrlarni tayyorlaş masalalarini olğa siljitişga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz».

Digital Holding — Rossiyaning «USM Telecom» hamda Özbekiston hukumatining qöşma korxonasi. QK tarkibiga Ucell telekom-operatori, New Solutions (ilgari – ICS Holding Uzbekistan) va CRPT Turon ham kiradi. QK faoliyati Özbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga muvofiq raqamli infrastrukturani şakllantiriş hisobiga telekommunikatsiyalardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş va sifatini oşirişga, şuningdek, ma’lumotlarni saqlaş va qayta işlaş, raqamli markirovka va alohida tovar turlari harakatini nazorat qiliş sohalarida ilğor texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan.