Rossiyaning «MegaFon» kompaniyasi Özbekistonda havo sifatini nazorat qilişning raqamli tizimini işga tuşirdi. «MegaFon Ekologiya» Ohangaron şahri hududidagi havo sifatini nazorat qiladi. Bu Rossiya mobil aloqa operatorining xorijdagi birinçi şunday loyihasidir.

«MegaFon Ekologiya» avtomatlaştirilgan monitoring majmuasi çang datçiklari, gaz analizatorlari va ob-havo stansiyasidan iborat. Uskunalar Ohangaron şahridagi ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilma obekti – bolalar sporti stadioni yaqiniga örnatilgan.

Tizim atmosfera havosidagi muallaq zarraçalar (masalan, çang), azot va oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi konsentratsiyasi, şuningdek, harorat, namlik, bosim, yoğingarçilik intensivligi, şamol tezligi va yönalişi körsatkiçlarini nazorat qiladi.

Ölçovlar har beş daqiqada amalga oşiriladi, körsatkiçlar real vaqt rejimida buyurtmaçining boşqaruv serveriga uzatiladi. Şuningdek, ma’lumotlarni Özbekistonning nazorat qiluvçi davlat organi – Tabiat resurslari vazirligiga uzatiş avtomatik rejimda yölga qöyilgan.