Buyuk Britaniya rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning USM holdingini sanksiyalar röyxatiga qöşdi. «RBK» naşri xabar berişiça, sanksiyalar röyxatida USM hammuassislari Vladimir va Varvara Skoç ham tilga olingan.
USM kompaniyasiga qarşi sanksiyalar izohida holding Usmonovga tegişli yoki u tomonidan nazorat qilinişi, «Rossiya hukumatidan imtiyozlar olişda iştirok etişi yoki uni qöllab-quvvatlaşi», şuningdek, iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega bölgan tarmoqlarida – qazib oliş sanoati va raqamli texnologiyalar sektorida biznes yuritişi aytiladi.
Bundan taşqari, Alişer Usmonovning «MegaFon» va «Metalloinvest» kompaniyalari AQŞ sanksiyalari ostida qoldi, deb xabar berdi BBC. Uning özi ham bir yildan köproq vaqtdan beri sanksiyalar ostida edi.
«Metalloinvest» – MDH va Rossiyadagi eng yirik temir rudasi kompaniyasi, temir rudasi zaxiralari böyiça jahon yetakçisi (15 milliard tonnadan ortiq), u 100 foiz USM holdingiga tegişli. Forbes ma’lumotiga köra, asosiy ta’sisçilar Alişer Usmonov (49 foiz) va uning şerigi Andrey Skoçning oila a’zolaridir.
«Megafon» telekommunikatsiya kompaniyasi USM Telecom holdingi tarkibiga kiradi.
«Usmonovning ixtiyorida ofşorda joylaşgan korxonalarning keng tarmoği bor va u öz oila a’zolari orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişi mumkin, bu esa unga sanksiyalarni çetlab ötiş imkonini beradi», deyiladi AQŞ moliya vazirligi bayonotida. AQŞ 2022 yil mart oyi boşida Usmonovning öziga qarşi sanksiyalar kiritgandi.
Alişer Usmonov Forbes naşrining rossiyalik milliarderlari röyxatida sakkizinçi örinni egallaydi, uning boyligi 14,4 milliard dollarga baholanadi. U «Kommersant» gazetasiga ham egalik qiladi. Skoç va uning oilasining boyligi 7,9 milliard dollarga (20-örin) baholangan.












