Rossiyaning «Rostelekom» kompaniyasi USM Group kompaniyasidan «MegaFon» aloqa operatori sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.

«Kommersant’» naşrining yozişiça, sotib oliş böyiça sörov 2022 yil oxirida berilgan.

USM kompaniyasiga yaqin manbaning ta’kidlaşiça, «MegaFon» bir neça yillardan beri yaxşi natijalarni körsatmoqda, şuning uçun uni sotib oliş böyiça takliflar muntazam kelib tuşyapti.

«MegaFon» Rossiyadagi eng yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri bölib, 74 milliondan ortiq mijozga xizmat körsatadi. Uning 100 foiz uluşi Alişer Usmonov rahbarlik qiladigan USM Group kompaniyasiga tegişli.

2021 yil yakuniga köra, «MegaFon» daromadi 354 milliard rublni, sof qarzi 244,6 milliard rublni taşkil etgan. Kompaniya 2022 yil may oyidan beri moliyaviy hisobotlarni oşkor qilişni töxtatgan.

«Rostelekom» kompaniyasi Tele2 aloqa operatori aksiyalarining 100 foiziga egalik qiladi va «MegaFon»ni sotib oliş orqali Rossiya uyali aloqa segmentida şubhasiz yetakçiga aylanadi.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Özbekiston aloqa bozorida Rossiyaning «MegaFon» kompaniyasi iş boşlayotgani haqida xabar berilgan edi.