«INNOSANOAT. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat körgazmasida MegaFon va Toşkent şahar hokimligi örtasida atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça dasturlarni amalga oşirişga doir kelişuv imzolandi. Unda yaqin vaqt içida kompleks ekomonitoring tizimini işga tuşiriş ham közda tutilgan.
Tomonlar Toşkentda atmosfera havosi hamda atrof-muhitning boşqa tarkibiy qismlari holatini doimiy nazorat qilişni ta’minlovçi raqamli yeçimlarni joriy etişga oid loyihani hamkorlikda işlab çiqişga kelişişdi.
«Atrof-muhit muhofazasi bugungi kunda köplab mamlakatlarda ustuvor masalalar qatorida turadi. Tabiatni muhofaza qiliş sohasidagi qonunçilik rivojlanmoqda, sanoat korxonalari salbiy ta’sirni kamaytiriş yöllarini izlaşmoqda. Zamonaviy raqamli yeçimlar bu vazifani osonlaştiradi – ular nafaqat real vaqt rejimida atrof-muhit holatini kuzatiş, balki vaziyat yomonlaşgan taqdirda tezkor çora köriş imkonini beradi. MegaFon Rossiyaning bir neça hududlarida, şuningdek, sanoat korxonalarida ekologik nazorat tizimlarini joriy qiliş böyiça ijobiy tajribaga ega. Biz Toşkent hokimligiga uşbu muhim masalani hal etişda öz işlanmalarimiz va tajribamizni taklif etişdan mamnunmiz», - ta’kidladi MegaFon korporativ va davlat segmentlarini rivojlantiriş böyiça tijorat direktori Emin Antonyan.

«Biz MegaFon bilan hamkorlikda ulkan imkoniyatlarni köryapmiz. Özbekiston raqamlaştirişni taraqqiyotning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilagan. Misol uçun, 2020 yilda «Raqamli Özbekiston-2030» hududlar va tarmoqlarni özgartiriş strategiyasi kuçga kirdi. Sönggi ikki yilda Toşkentda juda katta işlar qilindi va MegaFon bilan hamkorlik – boşlangan işning mantiqiy davomidir», — deydi Toşkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etiş böyiça örinbosari Aleksey Xen.
MegaFonning Rossiya hududlarida muvaffaqiyatli işlayotgan yeçimlari orasida «MegaFon Ekologiya tahliliy platformasi ham bor va u atrof-muhit tarkibiy qismlari – havo va suv sifati baholarini aks ettirib boradi, anomal körsatkiçlarni aniqlaydi va bildirişnomalarni qulay formatda – elektron poçta orqali, puş-bildirişnoma yoki SMS orqali yuboradi. Platforma avtomatik rejimda avariya-qutqaruv xizmatlarini havoda xavfli moddalar tarqalişi ehtimolidan xabardor qilişga qodir va ekologik insidentlar va avariya holatlarining oldini olişga yordam beradi.












