Ikki haftaça oldin Ilon Mask Twitter xöjayinlariga kompaniyani unga sotişni taklif qilib, bu ijtimoiy tarmoqda röyobga çiqarilmagan ulkan salohiyat borligi va özi buni amalga oşira olişini aytgandi.

Kelişuvning qisqaça tarixi

Aprel oyida Mask 2,89 mlrd dollar evaziga Twitter aksiyalarining 9,2 foizini sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangandi.

Keyinçalik Twitter Maskka kompaniya boşqaruvida qatnaşişni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgandi. Aprel oyi örtalarida Twitter Maskni aksiyalar bilan boğliq firibgarlikda ayblab sudga berdi.

Bir hafta muqaddam istiqboli noaniq bölib turgan kelişuv ötgan hafta oxirida, Mask kompaniya aksiyadorlarini çaqirib, ular bilan bitimning moliyaviy tafsilotlarini bölişganidan keyin tezlaşib ketdi.

Aksiyadorlar bosimi ostida qolgan Twitter har bir aksiya uçun 54,20 dollar taklif qilgan Mask bilan muzokaralarga kirişdi. Bu haqda xabarlar paydo bölganida birjada Twitter aksiyasi bahosi 6 foizga kötarildi.

Hozirgi kelişuv Mask 9 foiz aksiyani sotib olganini e’lon qilgan kundagidan 40 foiz qimmatroqqa tuzildi.

Şu bilan birga bu ötgan yili Twitter belgilagan va savdolaşgan 70 dollarlik narxdan ança past.

Endi Twitter kompaniyasi rahbariyati aksiyadorlardan kelişuvni ma’qullaş uçun ovoz berişni söraydi.

Twitter qanday özgaradi?

Ilon Mask allaqaçon bir qança özgarişlarni taklif qilgan - naşr etilgan kontentga çeklovlarni yumşatişdan tortib soxta akkauntlarni yöqotişgaça.

Ilon Mask - sayyoraning eng badavlat odami hisoblanib, Forbes jurnali uning boyligini 273,6 mlrd dollarga baholagan, bu qiymat asosan özi rahbari bölgan Tesla kompaniyasi aksiyalari hisobiga. Mask nomi bilan boğliq yana bir maşhur firma - SpaceX aerokosmik kompaniyasidir.

«Söz erkinligi — demokratiya şakllanişining asosi, Twitter esa raqamli şahar maydoni, bu yerda insoniyat kelajak hayoti uçun muhim masalalar muhokama qilinadi. Men Twitter’ni avval heç qaçon bölmagan eng zör darajaga olib çiqmoqçiman. Twitter katta salohiyatga ega, uning yangi qirralarini oçiş, foydalanuvçilar hamda kompaniya bilan hamkorligimiz boşlanişini intiq bölib kutyapman», degan Mask kelişuv haqida e’lon qilarkan.